Braziliyalik MMA jangchisi Fabio Maldonadoning menejyeri Stefano Sartori, rossiyalik Fyodor Yemelyanenko bilan o‘tkazilgan jang ustidan apellyatsiya bilan Rossiya MMA ittifoqiga murojaat qilmoqchi, deb xabar qilgan MMA Fighting portali.
"Biz Fabioning kurashidan mamnunmiz, u barchasini to‘g‘ri bajardi, - degan Sartori. - Men hakamlar g‘alabamizni tortib oldi, deb o‘ylayman. Hech bo‘lmaganda durang bo‘lishi kerak edi. Shu bois, Rossiya MMA ittifoqiga arz qilamiz".
Yemelyanenko va Maldonado o‘rtasidagi jang, 17 iyun kuni Sankt-Peterburgda, PXIF-2016 doirasida bo‘lib o‘tgan edi. Unda, rossiyalik MMA jangchisi ochkolar hisobida raqibini mag‘lub etgandi.