18 iyun kuni yarim tunda Ostona sohilbo‘yida maxsus amaliyot o‘tkazgan politsiya xodimlari, bir avtobus bola yiqqan. Huquq posbonlari, tungi soat 23:00dan so‘ng, yaqinlarisiz sayr qilib yurgan voyaga yetmaganlarni qidirishgan.
Ammo bolalar bilan liq to‘la avtobus joyidan siljishiga, ularning ayrim qarindoshlari to‘sqinlik qilishdi, deb xabar qilmoqda Today.kz nashri. O‘zaro suhbatni esa, voqea guvohlari videoga olishga ulgurgan.
"Men o‘zimning ikki singlim va opam bilan joyimda tursam, politsiya xodimlari kelishdi. Men ularga: "hozir ota-onam kelishadi, bolalarni olib ketishadi", - dedim. Ota-onam ham kelishdi, ammo endi ular bolalarni berishmayapti".
"Bermaymiz, - deyishmoqda, - Sariark tuman IIBga borishimizni aytishdi". Biz allaqachon shu yerda bo‘lsak, nima uchun borishimiz kerak? Ota-onalari shu yerda, men 22 yoshli katta akasiman. Ular hech narsani tushuntirishmay, bolalarni avtobusga tiqishmoqda", - deb hikoya qilgan o‘zini Arman deb tanishtirgan yigit.
Ammo bu vajlar politsiyani ishontira olmagan. Ularning bolalarni qarindoshlari ekanini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagani sabab, voyaga yetmaganlarni qabulxonaga olib ketishgan.