Qozog‘iston IIV Taraz shahrida terakt sodir etilmaganini aytar ekan, politsiya xodimining jarohatlangani to‘g‘risidagi xabarni tasdiqladi.
"Bu voqeaning terrorizmga aloqasi yo‘q, qurbonlar ham mavjud emas", - degan mamlakat IIV matbuot xizmati xodimi Oleg Ivashchenko.
Taraz shahri politsiyasi ham hodisa haqida hech qanday ma'lumot berayotgani yo‘q. Ammo hozircha surishtiruv ishlari olib borilayotgani haqida aytishgan.
Eslatib o‘tamiz, Taraz shahri mikrotumanidagi 18-ko‘pqavatli uyda istiqomat qiluvchilar ko‘chirilgani, turar-joy binosi politsiya xodimlari tomonidan qurshab olingani xabar qilingan edi.
Oblast prokuraturasiga ko‘ra, jinoyatchini ushlash chog‘ida, uchastka noziri va 20 yoshlar atrofidagi shaxs o‘qotar quroldan yaralangan.