Kareliyadagi fojia kunida ko‘ldagi to‘lqinlarning balandligi 2 metrga yetgan

Jahon 07:46 / 20.06.2016 4759

Kareliya respublikasi rahbari Aleksandr Xudilaynen jurnalistlarga Syamozero ko‘lida yuz bergan fojia kuni to‘lqinlar balandligi 2 metrga, shamol tezligi esa 17 m/soniyaga yetganini ma'lum qildi.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, fojia oqibatida 14 bola va yana bir voyaga yetmagan instruktor halok bo‘lgan.

"Ular safarga otlangan kuni shamol tezligi 14-17 m/soniyaga, to‘lqin balandligi esa 1,5-2 metrga yetgan. 25 kishi raftda (dam berib shishirilgan qayiq), yana ikkita qayiqda 13 kishidan bo‘lgan. Aynan qayiqlarni to‘lqin to‘ntarib yuborgan va bolalar suvga tushib ketishgan", deb aytdi Xudilaynen.  

Huquq-tartibot muassasalari xodimlari instruktorlar bunday ob-havo sharoitida umuman qanday qilib sayrga chiqishganini aniqlashlari kerak bo‘ladi. Vaholanki, ob-havo mutaxassislari ham, favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari ham mahalliy aholini kuchli shamol va kuchli yomg‘irlardan ogohlantirishgan bo‘lgan.

20 iyun Kareliya va Moskvada motam kuni deb e'lon qilindi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin halok bo‘lgan bolalarning yaqinlariga hamdardlik bildirdi. Putin vaziyatni o‘z nazoratiga olgan.

Ko‘proq yangiliklar: