Kareliyada bolalarning halok bo‘lishi tufayli Moskvada motam kuni e'lon qilindi

Jahon 06:58 / 20.06.2016 5444

Moskvada 20 iyun Kareliyada bolalarning ko‘lda cho‘kib ketishi tufayli motam kuni deb e'lon qilindi. Bu haqda Moskva meri Sergey Sobyanin tvitterda ma'lum qildi.

"Kareliyadagi fojia tufayli Moskvada ertangi kun motam kuni deb e'lon qilindi", deyilgan xabarda.

Fojia 18 iyunda sodir bo‘ldi. "Park-Otel Syamozero" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohidagi 47 bola va 4 nafar yoshi katta instruktor Pryajnino tumanidagi suv havzasida qayiqlarda suzib yurishganda shtorm oqibatida qayiqlar to‘ntarilib ketib, 14 bola cho‘kib ketgan. Halok bo‘lgan bolalar 12-13 yoshli bolalar bo‘lgan.

Voqea yuzasidan Rossiya Tergov qo‘mitasi jinoiy ish qo‘zg‘atgan.

Ko‘proq yangiliklar: