Indoneziyada yuz bergan suv toshqinlari va ko‘chkilar 43 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Jahon 12:16 / 20.06.2016 3507

Indoneziyaning Yava orolida sodir bo‘lgan tabiiy ofat qurbonlari soni 43 nafarga yetdi, yana 19 nafar kishi qidirilayapti, deb xabar qilmoqda Sinxua agentligi. Bundan avval, 31 kishi halok bo‘lgani aytilgandi. 

Xitoy axborot agentligi axborotiga ko‘ra, yuzlab qutqaruvchilar bedarak yo‘qolgan insonlarni qidirish ishlarida qatnashmoqda. Suv toshqinlaridan orolning markaziy mintaqasi ko‘proq talofat ko‘rgan. Ko‘p sonli ko‘chkilar sabab mamlakatdagi avtomobil yo‘llarida harakatlar to‘silib qolgan. 

Millionlab insonlar tog‘li hududlar va daryo sohillari yonbag‘irlaridagi pastekisliklarda istiqomat qiladigan Indoneziyada har yilgi yomg‘ir mavsumi suv toshqinlari va ko‘chkilarga sabab bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: