Braziliya rahbariyati iqtisodiyotni barqarorlashtirish va davlat qarzi oshishini bosib turish uchun byudjyet xarajatlarini 20 yilga muzlatib qo‘yishni taklif etdi. Bu haqda Braziliya moliya vaziri Enrike Meyrellesh Financial Times nashriga bergan intervyusida ma'lum qildi.
Meyrelleshning fikricha, byudjyet xarajatlarining muzlatilishi mamlakatda chuqur retsessiyaning asosiy sababi bo‘lgan davlat moliyasi borasida noaniqlikni kamaytiradi.
"Bunday qat'iy byudjyet siyosati bilan barcha ko‘rsatkichlarni prognoz qila oladi. Bu noaniqlikning ancha kamayishiga olib keladi", deb aytdi vazir.
Nashrning ma'lum qilishicha, Braziliya murakkab davrlarni boshdan kechirmoqda: 2015 yilda mamlakat iqtisodiyoti 3,8 foizga qisqargan, joriy yilning aprelida davlat qarzi YaIMning 67,5 foiziga yetgan.
Vazir byudjyet rejasi joriy yilning oxirigacha kongress tomonidan ma'qullanishiga umid bildirdi.
Avvalroq yetakchi reyting agentliklari Braziliyaning reytingini "chiqindi" darajasigacha tushirishgandi.