Yevro-2016. Ruminiya Albaniyaga yutqazib, turnirni tark etgan ikkinchi jamoaga aylandi

Sport 10:00 / 20.06.2016 3679

Ruminiya terma jamoasi A guruhida 3-tur o‘yinlaridan keyin 4-o‘rinda qoldi va musobaqani tark etdi.

1-turda Fransiyaga qarshi o‘yinda oxirgi daqiqada o‘tkazilgan gol tufayli 1:2 hisobida yutqazib, 2-turda Shveytsariyaga qarshi uchrashuvda g‘alabani saqlab qola olmagan ruminlar uchinchi turda Albaniyadan yengildi.

Endilikda Fransiya guruhda birinchi, Shveytsariya ikkinchi o‘rin bilan nimchorak finalga chiqqan. 3 ochko bilan 3-o‘rinda turgan Albaniya esa keyingi guruhlardagi o‘yinlar natijasini kutadi.

Ikkinchi turdayoq turnirni tark etgan ilk jamoa nomi bo‘lgandi. Ukraina 3-tur uchrashuvida qanday natija qayd etishidan qat'i nazar, muddatidan oldin turnirdan chiqib ketgan.

Ko‘proq yangiliklar: