Futbol jurnalisti Yevropa chempionatining 3-turi borasidagi o‘z taxminlarini bildirib o‘tdi.
Slovakiya - Angliya
Hojson bu bahsda zaxira o‘yinchilaridan bir nechtasini maydonga tushirishini aytdi. U birinchi navbatda Harri Keynni zaxiraga olmoqchi. Uni yomon o‘ynayapti degan fikrdan yiroqmiz, lekin Harri juda charchagandek ko‘rinmoqda. Jyeymi Vardi va Daniel Starrij uchrashuvni ilk daqiqalaridan maydonga tushishi kutilmoqda. Rahim Streling ham zaxirada qoladi. Himoyada turli variantlarni sinab ko‘rish imkoniyati bor. Slovakiyani ushlash qiyin bo‘ladi, lekin Angliyaning g‘alabaga qozonishi haqiqatga yaqinroq.
Taxminiy hisob: 0-2
Rossiya - Uels
G‘alati bahs. Kimga muxlislik qilishni ham bilmaysan. Rossiya termasi ikkinchi turda Slovakiyaga qarshi o‘yinda mag‘lub bo‘lib, ko‘pchilikning ko‘nglini qoldirdi. To‘g‘ri, uelsliklar ham inglizlar bilan ajoyib bahs o‘tkazganlari yo‘q, lekin ular tarkibida Garet Beyl deya atalmush iks-faktor mavjud. Agar u yana o‘z so‘zini aytsa, ruslarni g‘alaba qozonishi ehtimoli judayam pasayadi.
Taxminiy hisob: 1-1
Shimoliy Irlandiya - Germaniya
Germaniyaning ikki o‘yinidan so‘ng taassurotlar zo‘r emas. Nemislar raqiblardan har tomonlama kuchli bo‘lgan o‘yin namoyish etishmayapti. Yoaxim Lyov shogirdlari irlandlarni yengishiga hech kimda shubha yo‘q. Shunda irlandlarda uch ochko va nol balansdagi to‘plar nisbati paydo bo‘ladi.
Taxminiy hisob: 0-1
Ukraina - Polsha (21.06.2016)
Ukraina Yevro-2016 turniridagi kurashni to‘xtatgan. Polyaklar esa Germaniyaga qarshi uchrashuvda juda yaxshi taassurot qoldirishdi. Levandovski ertami-kechmi baribir o‘zini ko‘rsatishi mumkin.
Taxminiy hisob: 0-2
Xorvatiya - Ispaniya
Chexiyaga qarshi o‘yinning dastlabki 60 daqiqasida xorvatlar xuddi Yevropa chempionatini yutib oladigandek shijoat bilan harakat qilishdi. Biroq, fanatlar o‘yin taqdirini o‘zgartirib yuborishdi. Shundan so‘ng hisob tenglashdi. Xorvatiya 1/8 finalga chiqa oladi. Faqat bu bahsda Luka Modrichni ko‘rmaymiz. Uni sog‘ligi bilan bog‘liq muammolar tufayli Lukani maydonga tushirib tavakkal qilishga hojat yo‘q. Modrichsiz esa g‘alaba qozonish juda qiyin.
Taxminiy hisob: 0-2
Elmurod Ermatov, Andijon