Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif 23-24 iyun kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) a'zo davlatlar rahbarlarining uchrashuvida Islom respublikasi vakili sifatida qatnashadi. Mahalliy OAV xabar qilishicha, Eron diplomatiyasi rahbari O‘zbekistonning poytaxtiga o‘zining xorijiy safari davomida tashrif buyurishni rejalashtirgan, safarning birinchi bosqichida (21-22 iyunda) u Fransiya va Niderlandiyada bo‘ladi.
Diplomatik manbaning TASS agentligiga ma'lum qilishicha, "hozirgi vaqtda Eron Islom Respublikasi prezidenti Hasan Ruhoniyning ShHTda ishtirok etishi rejalashtirilmagan".
Eron 2005 yildan buyon ShHTda kuzatuvchi maqomiga ega (Hindiston va Pokiston bilan bir qatorda). 2008 yilda Tehron tashkilotga to‘laqonli a'zo bo‘lish uchun ariza bergan. Joriy yilning boshida Eronga nisbatan e'lon qilingan xalqaro sanksiyalar bekor qilinganidan so‘ng mamlakatning ShHTga to‘liq formatli a'zo bo‘lishi yo‘lidagi to‘siqlar olindi.