O‘tgan dam olish kunida yoqutistonlik shifokorlar cheksiz Taygada tug‘ruq jarayonini amalga oshirishga majbur bo‘lishdi. Qutqaruvchilar va politsiya xodimlari esa bo‘lajak ona hamda shifokorlarni ayiqdan himoya qilib turishdi. Bu haqda respublika sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.
Manbaning xabar berishicha, 40 haftalik homilador ayol eri va qarindoshlariga baliq tutishga yordamlashish uchun ularga qo‘shiladi. Baliqchilar Taygada joylashgan ko‘l tomon yo‘l olishadi. Shanba kuni uni to‘lg‘oq tutadi. Turmush o‘rtog‘i va singlisi ayolni mashinaga joylashtirib, shifoxona tomon yo‘lga tushishadi. Ammo yarim yo‘lda mashina botqoqqa botib, buzilib qoladi. Ayol singlisi bilan o‘rmonda qoladi, er esa mobil operator antennasini qidirib yo‘lga tushadi.
“Mahalliy vaqt bilan soat 23:28da tez yordam markaziga Tayga ichida bir ayolning ko‘zi yoriyotgani haqidagi ma'lumot kelib tushdi. Tez yordam, FVV va politsiya mashinalaridan iborat karvon yordamga shoshdi”, - deyiladi manba bergan xabarda.
Ma'lumotlarga ko‘ra, tug‘ruq jarayoni qiyin kechgan. FVV qutqaruvchilari va politsiya ayiqlar mavsumi bo‘lgani uchun bo‘lajak onani qo‘llariga qurol olib, qo‘riqlab turishgan.
Shifokorlarning aytio‘icha, ayni damda ona va bolaning salomatligi qoniqarli. Bola 3,49 kg og‘irlikda, 52 sm bo‘y bilan tug‘ilgan.