Yekaterinburg sabzavot bazasida piyozlar orasida yashirilgan giyohvand moddasi aniqlandi

Jahon 13:40 / 20.06.2016 7527

Rossiyaning federal xavfsizlik xizmati (FXX) xodimlari Yekaterinburgdagi meva-sabzavot bazasida 20 tonnali fura ichidan soxta piyoz ko‘rinishiga keltirilgan 25 kg geroin giyohvandlik moddasini aniqlashdi. Bu haqda Sverdlovsk viloyati federal xavfsizlik xizmati bo‘limi matbuot xizmati xabar bermoqda.

“O‘tgan haftada belgilangan sxemaga asosan 4-sonli meva-sabzavot bazasida 20 tonnalik fura tekshirilganda uning ichidan piyoz ko‘rinishiga keltirilgan giyohvandlik moddasi aniqlandi. Tekshiruv ishlari davomida 230 ta piyoz holatiga keltirilgan 25 kg giyohvandlik moddasi topildi. Mutaxassis tekshiruvidan so‘ng, qadoqchalar ichidagi modda geroin ekanligi ma'lum bo‘ldi”, - deyiladi matbuot xizmati bergan ma'lumotda.

Mutaxassislarning baho berishicha, ushbu geroin turi yuqori konsentratlangan giyohvandlik moddasi bo‘lib, “999” nomi bilan ataladi. “Ushbu mahsulotning qora bozordagi narxi 1 kg uchun 20 ming AQSh dollari etib belgilangan”, deb qo‘shimcha qilgan boshqarma.

Kontrabanda tashkilotchisi Tojikiston fuqarosi bo‘lib, giyohvand moddalarni Qirg‘izistondan Uralga olib o‘tayotgan bo‘lgan. Unga nisbatan Rossiya Federatsiyasi qonunchiligiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ko‘proq yangiliklar: