Dubaydagi restoran ishsizlarga tekin yegulik ulashmoqda

Jamiyat 12:40 / 20.06.2016 4672

BAAdagi Media Siti tumanida joylashgan Royal Kebab restoranida tekin yegulik ulashilayotgani haqida e'lon paydo bo‘ldi. Unda: “Siz ishsiz qolib, uni qidiryapsizmi? Biz buning oson emasligini tushunamiz. Kunning istalgan vaqtida restoranimizga tashrif buyuring va istalgan taomingizni tekinga oling”, deb yozib qo‘yilgan. Restoran egalaridan biri Manan Mistrining so‘zlariga ko‘ra, ular yaqindagi qurilish maydonlariga tekin yegulik jo‘natmasini ham ishga tushirishgan.

Britaniyalik Manan Mistri o‘zining ish hamkori Dillon Daryanani bilan birgalikda 2 yil muqaddam restoran biznesiga asos solishdi. Ungacha Mistri 2 yil ishsiz yurgan edi. Shu bois u ishsiz yurgan odamlarni yaxshi tushunishini aytib o‘tgan.

Avvaliga ular ishsizlar oqimi yopirilib kelishidan cho‘chishdi. Ammo bugunga qadar kelayotgan mehmonlar o‘zlarini juda odobli tutishmoqda. Ular 15 dollar miqdoridagi taomlar bilan bepul ta'minlanishmoqda.

Manan Mistrining aytishicha, restoranda doimo yegulik ortib qoladi. U Dubaydagi boshqa restoranlar ham ushbu aksiyaga qo‘shilishlariga umid bildirgan.

Ko‘proq yangiliklar: