Buxoroda madaniyat va aholi dam olish markazi foydalanishga topshirildi

O‘zbekiston 18:05 / 20.06.2016 4357

Buxoro tumani madaniyat va aholi dam olish markazi mukammal ta'mirdan so‘ng foydalanishga topshirildi. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda.

Markazda olib borilgan bunyodkorlik ishlariga 476 million so‘mga yaqin mablag‘ sarflandi. Loyiha tufayli 250 o‘ringa mo‘ljallangan zal zamonaviy qiyofaga keltirildi. Markazda rubob, doira, raqs, fortepyano kabi musiqiy, shuningdek, kurash sport turi bo‘yicha o‘nga yaqin to‘garak faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. 

– Bu yerda darsdan so‘ng bo‘sh vaqtimizni mazmunli o‘tkazish va o‘zimiz qiziqqan sport yoki san'at sirlarini puxta o‘rganishimiz uchun barcha imkoniyat yaratilgan, – deydi 14 yoshli Mahmudjon Shukrullayev. – Men rubob soziga juda qiziqaman. Maqsadim ushbu yo‘nalishda chuqur bilim olib, kelgusida milliy san'atimiz dovrug‘ini xalqaro miqyosda ulug‘lashga hissa qo‘shishdir.

Ko‘proq yangiliklar: