Arab davlatlari ligasi Bahraynning shialar tashkilotiga nisbatan harakatlarini ma'qulladi

Jahon 19:07 / 20.06.2016 4614

Arab davlatlari ligasi bosh kotibi Nabil al-Arabiy, Bahrayn hukumatining podshohlikdagi diniy tashkilotlar faoliyatini tartibga solish, fuqarolar xavfsizligi va birligini saqlab qolish bo‘yicha qonuniy choralarini qo‘llab-quvvatlashiga oid fikrlarni bildirdi, deyiladi ADL matbuot xizmati tarqatgan bayonotda. Bu haqda, Bahrayn yangiliklar agentligi BANA xabar qilmoqda

"Arab davlatlari ligasi podshoh Xamad bin Iso Xalif tomonidan taklif etilgan islohotlar loyihasini qo‘llab-quvvatlaydi, podshohlikning ichki ishiga har qanday tashqi aralashuvni qoralaydi", — deyiladi al-Arabiy bayonotida.

O‘tgan haftada, Bahrayn hukumati muxoolifatdagi "Al-Vifak" shia partiyasining barcha idoralarini yopish to‘g‘risida qaror qabul qilgan edi. Ushbu siyosiy harakat Fors ko‘rfazi mamlakatlaridagi eng yirigidir. 

Bundan tashqari, podshohlik politsiyasi hisob raqamlari muzlatilgan bir qator shia tashkilotlarida tintuv o‘tkazgan. Ular, noqonuniy mablag‘lar olganlikda gumon qilinmoqda. Tashkilotlarning ayrim yetakchilari esa qo‘lga olingan. Shu bilan birga, bundan avvalroq, Bahrayn hukumati, shia diniy arbobi Iso Ahmad Qosimni fuqarolikdan ham mahrum etgandi. 

Shu munosabat bilan, bosh vazir Xalifa bin Salmon Al Xalifa "podshohlikda qonunga bo‘ysunmaslikni targ‘ib qiluvchilarga o‘rin yo‘q", deya bayonot bergan edi.

Ko‘proq yangiliklar: