Tayvanning Pegatron ODM-ishlab chiqaruvchisi iPhone 7 smartfonini ommviy ravishda ishlab chiqarishni boshladi. Bu haqda OnLeaks tvitterida ma'lum qilindi.
Bundan tashqari, yangi smartfon modelini yig‘ish bilan Foxconn ham shug‘ullanadi. Taxminlarcha, smartfon kuzda taqdim qilinadi.
Avvalroq manbalar yangi iPhone 7 SIM-karta uchun ikkinchi slot bilan jihozlanishini ma'lum qilishgandi. Bundan tashqari, ko‘plab mish-mishlarga qaramasdan, iPhone 7’da quloqchinlar uchun 3,5 mm li raz'yom bo‘ladi.
i4u portali ma'lumotiga ko‘ra, iPhone 7 Plus va iPhone 7 Pro smartfonlarini ishlab chiqarish bilan Wistron kompaniyasi shug‘ullanadi.