«Barselona» jamoasi va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Andres Inesta o‘ziga «Oltin to‘p» berilmaganiga qanday munosabatda bo‘lishini bildirib o‘tdi.
«Men buni adolatsizlik deb bilmayman. «Oltin to‘p» – bu men hamisha o‘ylab yonadigan mukofot emas.
O‘tgan yillarda bu mukofotni olgan Messi va Ronaldu esa hamisha bu mukofot uchun loyiq bo‘lishgan.
Har kimning o‘z fikri bor. Mening atrofimda ajoyib futbolchilar to‘plangan. Sezilarli darajada raqobat mavjud», – deya Inestaning so‘zlarini keltiradi Tribuna.