Rus millatiga mansub amerikalik aktyor Anton Yelchin Kaliforniyada avtofalokatda halok bo‘ldi. Aktyor 27 yoshda edi.
Yelchin 19 iyun ertalabki payt San-Fernando vodiysida halok bo‘lgan. Aktyor do‘stlari uning jasadini avtomobil va uyining ko‘cha darvozasiga mahkamlangan g‘ishtli pochta qutisi orasida siqilgan holda aniqlashgan. Bu haqda TMZ portali ma'lum qildi.
The Hollywood Life ma'lumotlariga ko‘ra, aktyor do‘stlari bilan uchrashuvga borishi kerak bo‘lgan. U o‘z uyi darvozasiga kelib, o‘zining avtomobilidan tushgan. Aktyorning uyiga yo‘l qiyalab ketgan bo‘lib, unga tepalikdan tushish kerak bo‘lgan. Aktyor avtomobilni qo‘l tormoziga qo‘ymagan bo‘lgan. Oqibatda mashina qiyalikdan tushib, uni darvozaga siqib qo‘ygan.
Biroq politsiyada bunga shubha bildirilmoqda va aktyorning hayotiga tajovuz qilingan bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.
Aktyorning jasadini uning uchrashuvga kelmaganidan xavotirlana boshlagan do‘stlari aniqlashgan.
Fojia munosabati bilan Yelchin oilasi ularning shaxsiy hayotga huquqlari hurmat qilinishini iltimos qilishgan.
Yelchin 2000 yildan beri kinoda suratga tushib kelgan. Uning oxirgi ishi – Pavel Chexovning "Startrek: Cheksizlik" filmi bo‘lgan. Film iyulda prokatga chiqishi belgilangan. Hammasi bo‘lib aktyor 25 dan ortiq, jumladan, "Alfa Dog", "Terminator: haloskor kelsin", "Nyu-York, seni sevaman" filmlarida suratga tushgan.