AQSh harbiylari va AQSh koalitsiyasi IShIDning 20dan ortiq jangarisini yo‘q qildi

Jahon 15:09 / 20.06.2016 3346

Suriya shimolida IShID terroristik guruhiga kiruvchi 23 nafar jangari yo‘q qilindi. Ular, AQSh yetakchiligidagi koalitsiya kuchlari havo zarbalari va Turkiya harbiylarining ikki mamlakat chegaralari yaqinida bergan artilleriya zarbalari qurboni bo‘lishgan, deb yozmoqda Haberturk.

Nashrning yozishicha, zarbalar 33 ta nishon, xususan jangarilar qurol-yarog‘lari va inshootlari bo‘ylab berilgan. Qayd etilishicha, jangovar amaliyotlar Turkiya hududida terrorchilikka hozirlik ko‘rayotgan IShID jangarilariga qarshi o‘tkazilgan.

Ko‘proq yangiliklar: