Afg‘onistonning Tojikiston chegarasi yaqinidagi Qunduz viloyatida "Tolibon" yetakchilaridan biri Qori Ali yo‘q qilindi, deb xabar bermoqda Afg‘oniston ichki ishlar vazirligiga iqtibos keltirgan holda "Interfaks" axborot agentligi.
"Aviazarba vaqtida 8 nafar qurollangan tolib, jumladan ekstremistlarning bosh qo‘mondonlaridan biri Qori Ali yo‘q qilindi. Bu guruh Qunduz viloyatining bir qator hududlaridagi terrorchilik harakatlari uchun javobgar bo‘lgan", deyilmoqda xabarda.