AQShning Ogayo shtatidagi Uorren shahrida sodir etilgan otishmada 2 kishi halok bo‘ldi va 4 kishi yaralandi. Bu haqda Fox News telekompaniyasi ma'lum qildi.
Telekompaniya ma'lumotlariga ko‘ra, voqea barlardan birida sodir bo‘lgan. Otishmani kim aynan boshlagani ma'lum qilinmagan. Voqea joyida huquq-tartibot muassasalari xodimlari ish olib bormoqda. Politsiya hozircha hech qanday hibsga olishlar haqida ma'lum qilmagan.
Oxirgi kunlarda AQShda xavfsizlikni ta'minlashga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bunga asosiy sabablardan biri 12 iyunda Orlando shtatida Florida Pulse tungi klubida odamlarga uyushtirilgan hujum bo‘ldi. Klubga hujum qilgan 29 yoshli Omar Matin avtomatik miltiq va to‘pponchadan 49 kishini o‘ldirgan, 53 kishini yaralagan, ulardan ba'zilarining ahvoli og‘ir qolmoqda. Ushbu xunrezlik AQShning yangi tarixidagi eng ko‘p qon to‘kilgan jinoyat deb hisoblanmoqda.