OAV: Apple Tramp sababli respublikachilar qurultoyini moliyalashdan bosh tortdi

Jahon 07:20 / 19.06.2016 4617

Apple korporatsiyasi Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidenti lavozimiga  nomzod Donald Trampning nutqlari sababli Respublikachilar partiyasining Klivlenddagi qurultoyini tashkillashtirishda ishtirok etmaydigan bo‘ldi, deb xabar bermoqda vaziyatdan xabardor manbalarga iqtibos keltirgan holda Politico nashri. 

Bu orada Facebook, Google va Microsoft kabi boshqa yirik IT-kompaniyalar qurultoyda tadbirni yoritib, texnika va dasturiy ta'minot taqdim qilib u yoki bu yo‘sinda ishtirok etadi.  

Hozircha Apple’ning Filadelfiyada Demokratik partiya qurultoyida ishtirok etishi haqida ma'lumotlar yo‘q, kompaniyada vaziyatga izoh berilmadi.

O‘tgan yili Apple ikkala partiya tadbirlarini tashkillashtirishda ham ishtirok etgandi.

Ko‘proq yangiliklar: