18 iyunda kunduzi Qozog‘iston dashtida, Jyezqazg‘an shahri yaqinida Xalqaro koinot stansiyasidan tushiriluvchi qurilma qo‘nishni amalga oshirdi, deb ma'lum qildilar "Roskosmos" vakillari feysbukdagi sahifalarida. Qurilmaning kapsulasida XKSdan rossiyalik Yuriy Malenchenko, NASA fazogiri Timoti Kopra va ESA fazogiri Timoti Pik Yerga qaytdilar. Pik orbitada 186 kun bo‘ldi.
Qurilmaning tushirilishi bir necha bosqichda yuz berdi. Dastlab XKSda qolgan fazogirlar stansiya va boshqariluvchi kema "Soyuz TMA-19M" o‘rtasidagi lyukni yopishdi, so‘ngra ajratilish sodir etildi. Yerdan 140 km balandlikda "Soyuz" uchta bo‘lim: asbob-agregat, maishiy va fazogirlar qo‘ndiriladigan tushiriluvchi qurilmaga bo‘lindi.
Tushiriluvchi qurilma atmosferaga kirganda harakat yo‘nalishi bo‘yicha peshonasi bilan harakatlanadi. Uning atrofida havoga ishqalanganda 2000 graduslik plazma hosil bo‘ladi, 10,5 km balandlikda qurilma tezligi 220 m/soniya yoki 790 km/soatga yetadi. Shu onda tolrmozlovchi parashyut chiqariladi.
Parvozning 3D-modeliga ko‘ra, qurilma qo‘nayotganda qattiq aylanadi va illyuminator orqali deyarli hech narsa ko‘rinmaydi.
Tormozlovchi parashyut 8,5 km balandlikda otib yuboriladi, so‘ngra asosiy parashyut ochiladi, aynan unda qo‘nish amalga oshiriladi. Yer sirti bilan bevosita kontaktda qurilmaning yumshoq qo‘nish dvigateli yoqiladi: u zarbani so‘ndirib, qurilmani deyarli to‘liq to‘xtatadi.