AQSh adliya vaziri Loretta Linch AQSh Federal qidiruvlar byurosi politsiya vakillari va Orlandodagi tungi klubga tashrif buyurganlarni o‘qqa tutgan Omar Matin o‘rtasidagi suhbatlar rasshifrovkasini chop etadi, deb ma'lum qildi. Bu haqda CNN telekanali xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Matin tungi klubdan turib politsiya xodimlari bilan suhbatlashgan.
"U jinoyatga undagan sabab haqida gapirib, IShIDga sodiqligini aytgan", deb aytdi vazir.
Linch qotil va politsiya vakillari o‘rtasidagi telefon suhbatlari stenogrammasi Matinning jinoyatga qo‘l urishining sababini jamoatchilikka tushuntirish maqsadida ommaga tanishtirilishini aytdi.
Orlandadogi terakt 12 iyunda sodir bo‘ldi, unda qotil 49 kishini o‘ldirgan, yana 53 kishini yaralagandi.