Yevro-2016. Portugaliya Avstriyani ham yenga olmadi

Sport 03:07 / 19.06.2016 6729

Fransiyada davom etayotgan Yevropa chempionati guruh bosqichining ikkinchi turi ham yakunlandi. Parijda Portugaliya hamda Avstriya terma jamoalari munosabatlariga oydinlik kiritishdi. O‘yin juda qiziqarli o‘tdi, lekin unda hisob ochilmadi. Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu 80 daqiqada penaltidan aniq foydalana olmadi.

Guruhda 4 ochko to‘plagan Vengriya yetakchilik qilmoqda. Islandiya esa ikkinchi o‘rinda bormoqda. Oxirgi turda Portugaliya Vengriya bilan, Avstriya esa Islandiya bilan o‘ynaydi. Barcha masala oxirgi turda hal qilinadi.

Portugaliya – Avstriya 0:0
Amalga oshirilmagan penalti: Ronaldu (80)
Portugaliya: Ruy Patrisiu, Karvalyu, Pepe, Gerreyru, Viyeyrinya, Moutinyu, Vilyam Karvalyu, Nani (Rafa Silva, 89), Kuarejma (Joau Mariu, 71), Andre Gomesh (Eder, 83), Ronaldu.
Avstriya: Almer, Xinteregger, Predl, Fuks, Alaba (Shopf, 65), Zabittser (Xinterzeyer, 85), Baumgartlinger, Xarnik, Ilzanker (Vimmer, 87), Arnautovich, Klyayn.
Ogohlantirishlar: Kuarejma (31), Pepe (40), Xarnik (47), Fuks (60), Xinteregger (78), Shopf (86).

Ko‘proq yangiliklar: