«Arsenal» rahbariyati jamoani uzoq yillardan buyon boshqarib kelayotgan mutaxassis Arsen Vengerga yangi shartnoma taklif qilishni rejalashtirgan.
66 yoshli bu fransiyalik mutaxassis bilan amaldagi shartnoma muddati 2017 yilning yoziga qadar davom etadi. Londonliklar jamoasi u bilan hamkorlikni 2020 yilgacha uzaytirmoqchi.
Venger «Arsenal» boshqaruviga 1996 yili kelgandi. Uning rahbarligida jamoa Angliya chempionatida 3 marta g‘olib bo‘lgan va bir martadan YeChL hamda UYeFA finaliga chiqqan.
Manba: Tribuna.uz