Shotlandiya murabbiyi: «Umid qilamanki, Uels Rossiyani barchaga yaxshi bo‘lishi uchun Yevro-2016dan chiqarib yuboradi»

Sport 22:14 / 18.06.2016 7181

Shotlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Gordon Strakan Rossiya terma jamoasi Uelsga qarshi o‘yindan so‘ng chempionatni tark etishidan umidvor ekanini bildirdi.

«Rossiya terma jamoasining 3-tur uchrashuvidan keyin Moskvaga qaytib uchib ketishidan hamma yutadi. Ular bu turnir uchun hech narsa berishmadi, bezorilari va zo‘ravonliklardan boshqa.

Rossiya gol o‘tkazib yubormaguncha yaxshi o‘ynay olmaydi. Gol o‘tkazib yuborgach, futbolchilar o‘zlariga kelishadi. Jamoa qandaydir qo‘rquv bilan o‘ynaydi.

Umid qilamanki, keyingi haftada Uels ularni mag‘lub eta oladi. Chempionatda hujumkor o‘yin namoyish qiluvchi jamoalarni qolgani ma'qul. Uels esa bu jabhada Rossiyadan ustun», – deb yozdi Strakan The Daily Record kolonkasida.

Ko‘proq yangiliklar: