Shoygu Putinning topshirig‘i bilan Rossiyaning Suriyadagi aviabazasini tekshirdi

Jahon 22:18 / 18.06.2016 10549

Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Rossiya prezidenti Vladimir Putin topshirig‘i bilan Suriyadagi "Hmaymim" aviabazasidagi rossiyalik harbiylarni tekshirdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi vakili, general-mayor Igor Konashenkov ma'lum qildi. 

Konashenkovning aytishicha, Shoygu shuningdek S-400 zenit-raketa majmuasining start pozitsiyalarini tekshirdi.

"Rossiya mudofaa vaziri havo hujumiga qarshi mudofaa guruhining qo‘mondonlik punktidagi jangovor navbatchilikning borishi va aviabazadagi S-400 majmuasining start pozitsiyalarini tekshirdi", deb aytdi Konashenkov.

Avvalroq Rossiya mudofaa vazirining qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosari Yuriy Borisov Rossiya harbiy-koinot kuchlarining Suriyadagi operatsiyasi qurollanishga kelayotgan zamonaviy texnikaning ishonchliligini isbotlagani va zamonaviy aviatsiya imkoniyatlarini ko‘rsatganini ma'lum qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: