Maldonadu: "Birinchi raunddan keyin Yemelyanenkoni yutaman deb o‘yladim"

Sport 10:43 / 18.06.2016 12073

MMA’ning braziliyalik jangchisi Fabio Maldonadu Fyodor Yemelyanenkodan uchragan mag‘lubiyatiga izoh berib o‘tdi.

"Bu juda ajoyib qizg‘in jang bo‘ldi. Men birinchi raunddan keyin yutaman deb o‘ylagandim. Natijani qayta ko‘rib chiqish va shikoyat bermoqchi emasman. Hech narsadan shikoyat qilishni istamayman. Yutqazganlar, xafa bo‘lganlar shikoyat qiladi, men esa munosib jang qildim va menga uyat emas. Fyodor – haqiqiy chempion, u munosib qarshilik ko‘rsatdi, uning barcha zarbalari og‘riqli bo‘ldi va hanuzgacha buni tanamda his qilmoqdaman.

Fyodor – mening qahramonlarimdan biri va men uni bilishim va u bilan jang qilganimdan xursandman. Mening tushim bugun haqiqatga aylandi. Meni Rossiyada yaxshi kutib olishdi. Jangdan keyin ruslar men bilan suratga tushish uchun yonimga keldilar va hattoki jang vaqtida ba'zi rossiyaliklarning "Braziliyalik, bo‘la qol!" degan hayqiriqlarini eshitdim. Menga bu qo‘llab-quvvatlov juda yoqimli bo‘ldi", deb Maldonaduning aytgan so‘zlarini keltirib o‘tdi "Sport-ekspress" nashri.

Ko‘proq yangiliklar: