Rossiyalik aralash kurash jangchisi Fyodor Yemelyanenko Sankt-Peterburgda o‘tgan Fight Nights Global 50 musobaqasida braziliyalik jangchi Fabio Maldonadoga qarshi kechgan uchrashuvdagi g‘alabasiga izoh berib o‘tdi. Uchrashuv hakamlarning qarori bilan Fyodor foydasiga yakunlandi.
"Maldonado bilan tik turgan holda o‘zimni sinab ko‘rishni istardim. Shunday bo‘ldiki, ikkita zarbani o‘tkazib yubordim. Tuyulgandek og‘riqli bo‘lmadi. O‘rnimdan turish, jangni davom ettirish va yutish kerakligini anglardim. Menga butun jamoa, yurtdoshlarim tikilib turishganini bilardim. Kurashishda davom etish kerak edi. Mening jangimgacha jang qilgan yigitlarning barchasi yutdi, o‘z muxlislarimni xafa qilish yaramasdi. Xulosalar chikaramiz. Biroq funksional tayyorgarlik borasida hammasi a'lo darajada qilindi", deb Yemelyanenkoning so‘zlarini keltirib o‘tdi "Match TV" telekanali.