Belgiyada teraktlarga tayyorlanayotganlikda gumon qilingan 12 kishi hibsga olindi

Jahon 13:45 / 18.06.2016 3163

Belgiya politsiyasi 12 kishini qo‘lga oldi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi. Ular, mamlakat hududida terrorchilik xurujlarini amalga oshirishga tayyorlanayotganlikda gumon qilinmoqda. 

Qayd etilishicha, politsiya maxsus reydi chog‘ida qirqdan ortiq kishini so‘roq qilgan. 

Avvalroq, Belgiya prokuraturasi IShID guruhining 4 nafar jangarisini qo‘lga olgani haqida ma'lum qilgan edi. Ularning yangi xurujlarni amalga oshirishni rejalashtirgani taxmin qilinmoqda. 

Belgiya federal prokuraturasi boshqarmasiga ko‘ra, ularning barchasiga nisbatan terroristik tashkilot faoliyatiga aloqadorlik aybi ilgari surilgan.

Ko‘proq yangiliklar: