Jizzaxning chekka qishloq tumanlarida 12 maishiy xizmat kompleksi barpo etilmoqda

O‘zbekiston 17:00 / 17.06.2016 3546

Jizzaxda “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi ijrosini ta'minlashda onalik va bolalikni muhofaza qilish, tibbiy madaniyatni yuksaltirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda.

– “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi ijrosini ta'minlashga 621 milliard 298 million so‘m mablag‘ yo‘naltirish rejalashtirilgan, – deydi Jizzax viloyati hokimining o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Gulnora To‘rayeva. – Joriy yilning birinchi choragida 127 milliard 158,7 million so‘mlik mablag‘ o‘zlashtirildi. Dastur asosida viloyat ona va bola skrining markazi raqamli diagnostik ultratovush tekshiruv tizimi bilan jihozlandi.  Oilaviy poliklinikalar va qishloq vrachlik punktlari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, patronaj tibbiyot hamshiralarini ko‘paytirish, akusher-ginekolog va bolalar shifokorlari malakasini oshirish, bolalarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish yo‘nalishidagi ishlar reja asosida davom ettirilmoqda. Chekka qishloq tumanlari aholisi, ayniqsa, xotin-qizlar uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida “Go‘zallik saloni”, modalar atelesi, elektromaishiy texnikalar va poyabzal ta'mirlashga mo‘ljallangan 12 maishiy xizmat kompleksi barpo etilayotir.

Tadbirda davlat va jamoat tashkilotlarining Davlat dasturida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirishdagi hamkorligini yanada mustahkamlash yuzasidan fikr almashildi.

Ko‘proq yangiliklar: