Vladimir Putin ShHT sammitida ishtirok etishi rasman e'lon qilindi

O‘zbekiston 17:12 / 17.06.2016 12510

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 23-24 iyun kunlarida ShHT davlat rahbarlari kengashida ishtirok etish uchun Toshkentda bo‘ladi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar tarqatgan.

"2016 yilning 23-24 iyun kunlarida Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorligi tashkilotining 15 yilligiga bag‘ishlangan Davlat rahbarlari kengashida qatnashadi", — deyilgan xabarda. 

Tashrif davomida Putin va davlat rahbarlari o‘rtasida bir qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Sammit davomida ShHT a'zolari bo‘lgan davlatlar rahbarlari tashkilot tarkibini kengaytirish hamda uning kelgusidagi taraqqiyoti masalalari, shuningdek, tashkilotning xalqaro tashkilot sifatidagi nufuzini mustahkamlash masalasi muhokama qilishi kutilmoqda.

Shuningdek, global va hududiy muammolarni hal qilishda fikr almashiladi. Muzokaralar yakunida bir qator hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.

Ko‘proq yangiliklar: