«O‘zekspomarkaz»da o‘tgan sanoat yarmarkasida 70 milliard so‘mdan ziyod shartnoma imzolandi

O‘zbekiston 14:56 / 17.06.2016 5053

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 3 martdagi “2016 yilda Xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsion birjasini o‘tkazish» to‘g‘risidagi 67-sonli Qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Tarmoq sanoat yarmarkasida geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari Kompleksi tarkibiga kiruvchi «O‘zbekenergo» AJ korxonalarining sanoat mahsulotlari 2016 yil, 8-11 iyun kunlari «O‘zekspomarkaz»ning 2-pavilonida taqdim etildi.

Mazkur yarmarkaning o‘tkazilishi davomida 9 iyun kuni «O‘zbekenergo» AJning «Quyosh Issiqlik Energiyasi», «Elektr quvvat qurilmalari», «Elektrqishloqqurilish» korxonalari mataxassislari mahalliylashtirish Dasturi asosida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar haqida ma'lumot berishdi. Taqdimotda OAV xodimlari va ko‘rgazma qatnashchilari ishtirok etishdi.

Tarmoq sanoat yarmarkasi doirasida korxona vakillari va hamkorlar o‘rtasida muzokaralar o‘tkazilib, ushbu muzokaralar natijasida 2016 2017 yillarda uskunalar, butlovchi materiallar, hamda korxonalar tomonidan import o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarish yo‘nalishida tayyorlangan mahsulotlarni etkazib berish bo‘yicha 72,05 milliard so‘m miqdorda 160 ta shartnoma tuzildi.

Ko‘proq yangiliklar: