Maradona: "O‘rtog‘ining xotiniga uylanganidan keyin Ikardi men uchun o‘lgan"

Sport 12:40 / 17.06.2016 13067

Argentinalik sobiq futbolchi Diyego Maradona "Inter" hujumchisi Mauro Ikkardi haqida negativ fikr bildirdi. Ta'kidlash joiz, Ikkardi do‘sti futbolchi Maksi Lopesning xotiniga uylangan.

"Ikardini Olimpiadaga chaqirishadimi? Bilmadim, Ikardi men uchun o‘lgan. Maksi Lopes bilan qilgan ishi odam qiladigan harakat emas. Sen do‘stingni odam deb uyingga kiritasan, mehmon qilasan, u esa senga bunday javob qiladi. Azaliy an'analarni hurmat qilmaydiganlar men uchun o‘lgan",- deydi Maradona Metro radiosiga bergan intervyusida.

Manba: Tribuna.UZ

Ko‘proq yangiliklar: