Qirg‘iziston ichki ishlar vaziri, militsiya general-mayori Qashqar Junushaliyev, «Qirg‘iziston Respublikasi ichki ishlar xodimlarining mamlakat fuqarolariga xushmuomala va e'tiborli bo‘lishi to‘g‘risida»gi buyruqni imzoladi, deb xabar qilmoqda Kirtag agentligi, vazirlik matbuot xizmatiga tayangan holda.
Mazkur buyruq, barcha shaxsiy tarkibga e'lon qilinadi. Uning ijrosini nazorat qilish, mamlakat ichki ishlar organlari rahbariyati zimmasiga yuklangan.
«Ichki ishlar xodimi, fuqarolar bilan muloqot qilishda odob, sezgirlik va ayniqsa, sudgacha bo‘lgan ishlar ishtirokchilari, keksalar, bolalar va nogironlarga e'tiborli bo‘lishi kerak», –deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, QR IIV xodimi «tarbiyali, yuqori muloqot madaniyati va axloq sohibi bo‘lishi barobarida fuqarolar va hamkasblarining hurmat-izzatini joyiga qo‘yishi lozim».
Boshqa jihatdan, gumondorlar va ayblanuvchilarga nisbatan o‘ta jiddiy bo‘lish o‘rniga, «jinoyat sodir etib qo‘yganlarning huquqlarini ham hurmat qilishi kerak bo‘ladi».