Italiya ko‘lidagi "Suzuvchi yo‘llar"

Light 17:59 / 17.06.2016 7337

Kelib chiqishi bolgariyalik bo‘lgan amerikalik haykaltarosh va rassom Xristo Yavashev Italiyaning Izeo ko‘lida yangi "Suzuvchi yo‘llar" (The Floating Piers) installyatsiyasini namoyish qildi. Ijod namunasi ko‘l orollarini o‘zaro bog‘lovchi 3 kilometrli yog‘och yo‘llardan iborat. Bu yo‘llar orqali faqat oyoqyalang o‘tish mumkin. Uni yaratish uchun rassomga taxminan 700 000 kv. metr material kerak bo‘ldi.

"Suzuvchi yo‘llar"dan turib ko‘l va uni o‘rab turgan tog‘lar manzarasidan bahramand bo‘lish mumkin. Xristo Yavashev installyatsiyasi fotogalereyamizda. 

Xristo Yavashev

"Suzuvchi yo‘llar" installyatsiyasi loyihasi

Izeo ko‘li qush parvozi balandligidan Xristo Yavashevning "Suzuvchi yo‘llar" loyihasigacha

 

 

Ko‘proq yangiliklar: