Futbol fanatining xotini hazilkash bo‘lsa, uyda nima voqealar sodir bo‘ladi?

Jamiyat 18:34 / 17.06.2016 12653

Barcha narsaning o‘z me'yori bor. Jumladan, qiziqishlarning ham. Ammo bu tushunchaga barcha ham birdek amal qilavermaydi. Hatto me'yor haqida o‘ylab ham ko‘rmaydi. Ayniqsa, futbol fanatlari.

Yaqinda turkiyalik futbol fanati va uning hazilkash xotini bilan bo‘lgan voqea videosi internet tarmog‘ida joylashtirildi. Videorolikda Yevro-2016 doirasida kechgan Turkiya va Xorvatiya o‘yinini tomosha qilayotgan (o‘shanda Turkiya 0:1 hisobida mag‘lubiyatga uchragan edi) er va televizorni masofadan turib boshqarayotgan xotin mash-mashasi aks etgan.

O‘yin ayni qiziyotgan vaqt televizori o‘chib qolaverishidan jahli chiqqan er alaloqibat uni urib sindiradi. Qo‘shib boshqa maishiy texnikalarni ham. Bu voqea bir qarashda kulguli ko‘rinadi. Ammo uning zamirida katta muammo yotibdi. Fanatizm juda yomon illat. Hissiyotga berilib bugun jihozlar sindirilsa, ertaga o‘zgalar joniga ozor yetkaziladi. Bu holatga futbol bo‘yicha Fransiyada o‘tayotgan Yevropa chempionatida ham guvoh bo‘ldik.

Shu bois me'yorning oltin qoidasiga amal qilinsa, six ham kuymaydi, kabob ham.

Ko‘proq yangiliklar: