Fransiyada politsiyachi Olland va Valsga qo‘lini berishni istamadi

Jamiyat 18:53 / 17.06.2016 10995

Fransiyada politsiyachi mamlakat prezidenti Fransua Olland va bosh vazir Manuel Vals bilan qo‘l berib salomlashishdan bosh tortdi. Bu voqea 13 iyun kuni terrorchi tomonidan o‘ldirilgan politsiyachi va uning rafiqasini xotirlash marosimi vaqtida ro‘y bergan.

Marosimda ishtirok etgan Olland saf tortgan bir qator politsiyachilar bilan ko‘rishib chiqadi. Safda turganlardan biri esa prezidentga qo‘lini uzatmagan. U prezident ortidan kelayotgan bosh vazir bilan ham qo‘l berib ko‘rishmagan.

Qo‘shimcha qilinishicha, Vals unga yaqinlashib, nimadir degan. Uning nima degani ma'lum emas.

Parijning Manyanvil shahrida 13 iyun, dushanba kuni kechqurun politsiyachi va uning rafiqasi IShID ta'siridagi terrorchi tomonidan o‘ldirildi. Bu vaqtda uyda 3 yoshli go‘dak bo‘lgan, terrorchi yo‘q qilingan.

Ko‘proq yangiliklar: