Germaniya - Polsha o‘yinida (0:0) durang natija qayd etilgach, Yevropa chempionatini tark etuvchi dastlabki terma jamoa nomi ma'lum bo‘ldi.
Bu natija Ukraina terma jamoasini guruhdagi 3-o‘rin uchun kurashish imkoniyatini yo‘qqa chiqardi.
Endi 21 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan Germaniya – Shimoliy Irlandiya va Polsha – Ukraina o‘yinlari qanday natija bilan tugashidan qat'i nazar, Ukraina pley-offga chiqa olmaydi.
Ukraina Polshani yengib, 3 ochkoga ega chiqqan va irlandlar nemislarga yutqazib, 3 ochko bilan qolgan taqdirda ham o‘zaro o‘yindagi mag‘lubiyat tufayli ukrainlar irlandlardan ortda qoladi.