Chikagolikni Facebook Live translyatsiyasi vaqtida otib ketishdi

Jahon 17:09 / 17.06.2016 4061

Chikagoda yashovchi 28 yoshli Antonio Perkins Facebook Live xizmati yordamida videotranslyatsiya qilayotgan payt, noma'lum kimsalar tomonidan otib ketildi. Bu haqda Chicago Tribune xabar bermoqda.

Foydalanuvchi ijtimoiy tarmoq orqali bir necha daqiqa do‘stlari bilan aloqada bo‘lgan. Biroz vaqt o‘tib, Perkins translyatsiyaning tugatmoqchi bo‘ladi va kadr ortida turgan kimgadur “Hoy yigit, bas qilsangchi”, deydi. Shundan so‘ng, bir necha bor o‘q ovozi eshitiladi va smartofn yerga qulaydi.

Rolikdan ko‘rinib turibdiki, atrofni qichqiriq bosadi va odamlar tez yordam va politsiya chaqirishadi. Video kadrida qon izlarini ham ko‘rish mumkin.  

Perkinsni Maunt Sinay shifoxonasiga olib borishgan, ammo u olgan jarohatlari sabab o‘sha yerda vafot etgan.

Ko‘proq yangiliklar: