Videoblogerlar mabodo sharbat siqib chiqaruvchi apparatga “Makdonald” mahsulotlarini solsa, nima bo‘lishi mumkinligi borasida teshkiruv o‘tkazishdi. Bergerlarning kartoshka frisi va gazli ichimlikdan tayyorlangan sharbat hosil qilish jarayoni 16 iyun kuni YouTube’da e'lon qilingan.
Sharbat hosil bo‘lgach, uni videoblogerlardan biri ichgan. Uning yuz ifodasidan bilsa bo‘ladiki, sharbat unchalik ham mazali chiqmagan. Rolik yakunida blogerlar sharbat tayyorlashning yana bir qancha antiqa retseptlarini yozib qoldirgan. Masalan, ulardan biri pop-korn, pechenya, konfet, chips va koka-koladan sharbat tayyorlash usuli haqida.