Venesuelada ommaviy o‘g‘irlik tufayli 400 kishi qo‘lga olindi

Jamiyat 01:36 / 16.06.2016 4369

Venesuelaning Kumana shahrida do‘konlarni ommaviy o‘marish sodir etilgach, 400 nafardan ortiq odam qo‘lga olingan. Bu haqda El Impulso xabar qilmoqda

Politsiya savdo markazlaridan turli mahsulotlar olib chiqayotganlarni hibsga olgan. Oziq-ovqat mahsulotlari, dori vositalari, birinchi ehtiyoj mollari tanqisligi oqibatida yuzaga kelgan va to‘rt kun davom etgan ommaviy tartibsizlikda bir kishi halok bo‘lgan va 12 kishi yarador bo‘lgandi. Ushbu voqealardan keyin ommaviy hibsga olish boshlandi.

Qo‘lga olinganlar orasida ko‘plab voyaga yetmaganlar ham bor.

Ko‘proq yangiliklar: