OAV: Uber’ning Xitoydagi asosiy raqibi 7 mlrd dollar sarmoya jalb etdi

Iqtisodiyot 17:39 / 16.06.2016 5347

Xitoyning taksi chaqirish xizmati Didi Chuxing yirik miqdorda sarmoya jalb etishga muvaffaq bo‘ldi. Uning qiymati 7 mlrd dollarni tashkil etmoqda, deb yozgan Wall Street Journal gazetasi vaziyatga aloqador manbasiga tayangan holda. Yangi muzokaralardan so‘ng, kompaniyaning narxi 25 mlrd dollardan oshib ketgan.

Didi Chuxing qator sarmoyadorlarning 4,5 mlrd dollar mablag‘ini jalb eta olgan, bunga Applening 1 mlrd, Xitoydagi eng yirik China Life Insurance sug‘urta kompaniyasining 600 mln dollar puli ham kiradi. Bundan tashqari, muzokaralarda mamlakat axborot texnologiyalari sohasining yetakchilari Tencent va Alibaba ham qatnashgan. Ular avval ham ushbu xizmatga allaqachon pul tikishgan. Didi 2,5 mlrd dollarni China Merchants Bankidan  jalb etgan. 

Didi ushbu mablag‘larni Xitoy taksi bozoridagi bosh raqibi Uber’ga nisbatan qo‘llay oladi. WSJning yozishicha, endilikda Xitoy xizmat ko‘rsatish kompaniyasi ixtiyorida shu maqsadlarni amalga oshirish uchun 10 mlrd dollar mavjud. Didi mamlakatning 400 ta shahrida o‘z xizmatini yo‘lga qo‘ygan. Uning mashinalarida kuniga 11 mln marta mijoz manziliga yetkaziladi. Uber esa XXRning atigi 50ta shahrida faoliyat yuritadi.

Ko‘proq yangiliklar: