Gamburgdagi "Sankt-Pauli" futbol klubi rasmiy tvitterida hujumchi Marvin Dukshaning klubga o‘tishi haqidagi yangilik futbolchi yonida noma'lum kishi klub bosh murabbiyi Evald Linenning niqobida suratga tushgan tasvir bilan biriktirildi.
"Sport-Ekspress" nashrining ma'lumotiga ko‘ra, haqiqiy Linen futbolchining taqdimotida ishtirok eta olmasdi.
Klub bu "xiyla" ekanini payqab qolgan muxlislarning shubhalari o‘rinli ekanini tasdiqladi va niqobning suratini alohida chop etdi.
Futbolchining transferi borasidagi matbuot bayonotida futbolchi, klub direktori va bosh murabbiyning izohlari joylashtirilgan.
22 yoshli hujumchi klub bilan 2019 yilgacha shartnoma imzoladi.