9 iyunda Litvaning Mariyampole shahrida politsiyachilar Volvo XC90 mashinasini tekshirish uchun to‘xtatmoqchi bo‘ldilar. Biroq haydovchi to‘xtash haqidagi iltimosga bo‘ysunmagan, natijada politsiya mashinani taqib qilishga tushgan. Haydovchi taqibdan qochish uchun tutun qo‘llagan va politsiya avtomobili shinasi yorish maqsadida maxsus uchli tirnoqlar tashlagan. Politsiyachilar "poygachini" to‘xtatish uchun taranga borgan. Bu haqda 15min portali xabar bermoqda.
Keyinroq ma'lum bo‘lishicha, 5 o‘rindiqli avtomobilda 12 nafar vetnamlik noqonuniy muhojir bo‘lgan. Ulardan 4 nafari bola bo‘lgan. Muhojirlar Litva migratsiya xizmatiga keyingi taftish uchun topshirilgan.