Germaniya 15 yildan so‘ng ichki yonuv dvigateliga ega mashinalardan voz kechadi

Fan-texnika 19:30 / 16.06.2016 5416

2030 yilga kelib, Germaniyada ro‘yxatdan o‘tuvchi barcha avtomobillar ekologik toza motorlar bilan jihozlanishi kerak. Amerikaning Bloomberg agentligi Germaniya iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari Rayner Baakega asoslangan holda, shu haqda xabar qilmoqda.

Germaniya hukumati 2050 yilga borib, mamlakatda is gazi chiqarish miqdorini 80-95 foizga qisqartirmoqchi. Baakening so‘zlariga ko‘ra, transport vositalari tomonidan chiqarilayotgan CO2 gazi 1990 yildan beri kamaymagan. Hozirgi vaqtda atmosferaga chiqarilayotgan barcha zararli gazlarning beshdan biri aynan transport vositalariga to‘g‘ri keladi. 

Dasturni hayotga tatbiq qilish maqsadida, mamlakat hukumati elektr va gibrid mashinalar xarid qilganlar uchun subsidiyalar berishni joriy qilgan. Bu kabi amaliyot Xitoy, Fransiya va Norvegiyada ham qo‘llaniladi. Shu yo‘l bilan 2020 yilda elektrokarlar savdosini yiliga 500 ming donaga chiqarish rejalashtirilgan. 

Hozirgi vaqtda, Germaniyadagi elektrokarlar jami transport vositalarining 0,6 foizini tashkil etib, gibridli hamda elektrokarlarning umumiy soni 155 mingtadir. Benzinli va dizelli mashinalar soni esa, tegishli ravishda 30 mln va 14,5 mln donadan iborat.

Ko‘proq yangiliklar: