Amerikaning Florida shtatidagi huquq-tartibot idoralari timsoh suvga tortib ketgan ikki yoshli bolani o‘lgan deb hisoblashmoqda. Bu haqida bolakay yo‘qolib qolganidan 15 soat o‘tgach tashkil etilgan matbuot anjumanida sherif Jyeri Demins ma'lum qildi.
«Ayni damda biz jasadni qidirishda davom etmoqdamiz», — deydi sherif.
Bolakayni qidirish jarayonida «Disneylend»da to‘rtta sudralib yuruvchilar o‘ldirilgan. Uzunligi ikki metr keluvchi timsohlarning tanasi ochib ko‘rilgan va tekshirilgan, biroq bola tanasining qoldiqlari topilmagan.
14 iyun kuni Amerikaning Florida shtati Orlando shahrida dahshatli voqea sodir bo‘ldi. Disneylend bog‘i yaqinidagi Grand Floridian Resort & Spa mehmonxonasi yaqinida timsoh yosh bolani suvga tortib ketgan.
Timsohning hujumiga bolaning ota-onasi guvoh bo‘lgan. Ota farzandini qutqarishga uringan, biroq buning uddasidan chiqa olmagan. Bolaning otasi sezilarli bo‘lmagan jarohatlar olgan.