Aktrisa Enn Xeteuey BMT ko‘ngilli elchisi etib tayinlandi

Jamiyat 01:20 / 16.06.2016 16257

Amerikalik aktrisa, “Oskar”, “Oltin globus”, “Emmi” mukofotlari sovrindori Enn Xeteuey Birlashgan Millatlar Tashkiloti gender tengligi hamda ayollar huquqlari va imkoniyatlarini kengaytirish masalalari bo‘yicha tuzilmaga ko‘ngilli elchi maqomiga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda Associated Press xabar qildi

“BMT-Ayollar” ijrochi direktori Fumzile Mlambo-Ngkuka Xetetueyni ayollar va qizlar huquqlarini himoya qilishda avvaldan jonbozlik ko‘rsatib kelishini aytdi.
Ma'lum bo‘lishicha, “Sehrlangan Ella”, “Reychelning to‘yi”, “Muhabbat va boshqa malhamlar” kabi filmlari bilan mashhur aktrisa asosiy diqqatini ayollarning tenglikka erishishi yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishga qaratadi. 


“Men gender tengligiga yetishishda o‘z hissamni qo‘sha olishimdan faxrlanaman”, — dedi Xetetuey.

Ko‘proq yangiliklar: