O‘zbekiston qo‘shni mamlakat fuqarolari o‘z chegarasidan o‘tishini vaqtincha chekladi

O‘zbekiston 15:04 / 15.06.2016 22372

O‘zbekiston 15 iyundan 25 iyunga qadar qo‘shni Qirg‘iziston, Tojikiston, Qozog‘iston va Turkmaniston fuqarolari, hamda bu mamlakatlardan transport vositalari va yuklar kirib kelishini to‘xtatdi. Bu haqda Qirg‘iziston chegara xizmati matbuot xizmati xabar qilgan.

"O‘zbekiston 15 iyundan 25 iyunga qadar Qirg‘iziston, Tojikiston, Qozog‘iston va Turkmaniston fuqarolari mamlakat hududiga kirishini, transport vositalarida o‘tishni va yuk olib kirishni to‘xtatadi", — deyilgan xabarda.

O‘sh viloyatining Barak Qora-So‘y eksklavi aholisi uchun esa bu taqiq istisno. Ular O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasini kesib o‘tishi mumkin.

Bu tartib sabablari hozircha aniq e'lon qilinmagan. Taxmin qilinishicha, bu qaror Toshkent shahrida 23-24 iyun kunlarida o‘tkaziladigan ShHT sammiti vaqtida xavfsizlikni ta'minlash zarurati bilan bog‘liq.

Ko‘proq yangiliklar: